a tegi

<a> tegi web sahifa uchun eng kerakli elementlardan biridir. Chunki web sahifani URL’siz tasavvur qilib bo’lmaydi.  Demak brauzerga boshqa manzilga o’tib ketish kerak ekanligini bildirish uchun HTML sahifaga <a> tegi yordamida LINK yaratamiz. <a> tegining href attributi esa qaysi manzilga o’tish kerak ekanligini brauzerga bildiradi. O’tish manzili mutloq yoki nisbiy bo’lishi mumkin. Absolut manzillar shu yoki boshqa web-sayt  bo’lishidan qat’iy nazar, har joyda ishlaydi. Bunday manzillarga http://x7.uz/index.php‘ga o’xshagan manzillar kiradi. Nisbiy manzillarda esa sahifa nomi yoki ildizi ko’rsatiladi. Masalan /index.php ko’rinishida.

Sintaksisi

<a href="manzil">...</a>
<a href="https://developer.x7.uz">Web dasturlash darslari</a>

Sintaksisni yoki boshqa kodlarni http://kod.tweet.uz manzilida sinovdan o’tkazishingiz mumkin..

Tegni yopish 

Majburiy </a>

Xususiyatlari

coords
 — Faol maydonning koordinatalarini belgilaydi. [HTML5]
download
 — Faylni yuklab olish imkonini beradi [HTML5]
href
 — Manzilni ko’rsatish attributi.
hreflang
 — Manzil matni tilini  belgilaydi.
name
 — Hujjat ichidagi langarni nomini belgilaydi.[HTML5]
rel
 — Yo’naltirilgan va joriy hujjatlar o’rtasidagi munosabatni bildiradi.
rev
 — Joriy va yo’naltirilgan hujjat o’rtasidagi munosabatlar..[HTML5]
shape
 — Rasmning URL qilinadigan aktiv qismini belgilaydi.[HTML5]
target
   — Brauzer manzilni qanday tartibda ochishini ko’rsatadi
type
  —  Ulanadigan hujjatning MIME turini bildiradi.
Bundan tashqari universal attritublar va umumiy amallar ham qo’llaniladi.

Namunalar 

<!DOCTYPE HTML>
<html>
 <head>
   <meta charset="utf-8">
  <title>А</title>
 </head>
 <body>
  <p><a href="image/xxx.jpg">Посмотрите на мою фотографию!</a></p>
  <p><a href="page/tip.html">Как сделать такое же фото?</a></p> 
</body>
</html>

Video

Youtube orqali ko’rish

Shartnoma

ShartnomaHolati
WHATWG HTML Living StandardStandart
HTML5Tavsiya qilinadi
HTML 4.01 SpecificationTavsiya qilinadi
Был ли данный материал полезен? Да 2 Нет 1

Как мы можем помочь?